Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi qanday?

Joriy yil 15-oktabr kuni rahbar kadrlar va masʼul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish boʻyicha test sinovlari boʻlib oʻtdi. Bu haqda DTM maʼlum qildi.
Test sinovlari rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish boʻyicha daraja sertifikatini berish uchun Toshkent shahri va hududlarda tashkil etildi.
Imtihon davomida talabgorlarning davlat tilini bilish darajasi, publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnni oʻqib tushunish, oʻzbek tilining yozma adabiy meʼyorlaridan — imlo qoidalarini toʻgʻri qoʻllay olishi, soʻz va qoʻshimchalardan toʻgʻri foydalana bilish hamda tinish belgilarini oʻz oʻrnida ishlata olish, shuningdek, fikrlarini yozma bayon qilish, topshiriqqa koʻra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi koʻnikmalari tekshirildi.
Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring