Qurolli Kuchlar akademiyasida “Yosh harbiylar forumi” boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yoshlarimiz maʼnaviyati va intellektual salohiyatini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari” mavzusida “Yosh harbiylar forumi” tashkil etildi. Unda videoselektor tarzida harbiy qism va muassasalar vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
Forumda yosh harbiy xizmatchilarning harbiy sohaga oid innovatsion gʻoyalari va ishlanmalari koʻrgazmasi, yosh harbiy adib va shoirlar tomonidan oʻzlari chop etgan kitoblar va sheʼriy toʻplamlar taqdimoti, “Yoshlar kutubxonasi” hamda “Mard askarga sovgʻa” rukni ostida nashr etilgan badiiy adabiyotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshligʻi general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Temurbek Poyonov, Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalaridagi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchilari hamda xalqaro sport musobaqalari gʻoliblari, yosh harbiy xizmatchilar, “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Forum Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Forumda mudofaa vazirining yosh harbiylarga yoʻllagan murojaati oʻqib eshittirildi.
Forum davomida “Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlar tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti tinglanib, Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida 2023-yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan tayyorlangan hisobot videoroligi namoyish etildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Temurbek Poyonov hamda oʻz mutaxassisligi boʻyicha yuqori choʻqqilariga erishgan yosh harbiy xizmatchilar ham soʻzga chiqdilar.
Forumda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshligʻining yosh harbiylar bilan jonli savol-javob tarzidagi muloqoti ham boʻlib oʻtdi.
Tadbir yakunida buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Toʻmaris hamda jadidchilik harakati namoyondalarining hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy chiqishlar hamda isteʼdodli yosh harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yosh harbiylar Forumi”da Qurolli Kuchlar akademiyasida 1 000 nafar, videoselektor tarzida harbiy qism va muassasalarda 10 mingdan ortiq yosh harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring