Quloqdagi shovqindan qanday xalos boʻlish mumkin?

13:57 18 Iyun 2023 Dunyo
696 0

AQSHning Michigan universiteti olimlari quloqlarda paydo boʻladigan ichki shovqindan xalos boʻlishning samarali usulini topdi.

Buning uchun shaxsiy simulyatsiya uchun moʻljallangan va maxsus dasturga ega portativ qurilma yasalib, tadqiqot ishtirokchilariga berildi.

Olti haftalik sinov yakunida elektroterapiya va tovush muolajasi kombinatsiyasi orqali qatnashchilarning 60 foizdan ortigʻida quloqdagi shovqin belgilari yoʻqoldi.

Shu bois mutaxassislar yangi davolash usuli mazkur xastalikdan aziyat chekayotgan millionlab insonlar dardiga malham boʻlishiga umid bildirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?