Qozogʻistonda yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik YTH sodir boʻldi
Qozogʻistonda Ostona-Shuchinsk magistral yoʻlining Koʻgʻom va Qoratol qishloqlari orasida yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqida “Tangrinews” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli yoʻl ertalab soat 7:20 da yopilgan. tushga yaqin yoʻlda qolib ketgan haydovchilarga yordam berish uchun politsiya va maxsus texnikalar yetib kelgan. Harakatlanish jarayonida mashinalardan biri tezlikni meʼyoridan oshirgan, oqibatda yuzlab avtomobillar toʻqnashib ketgan. Dastlab, avariyada 40 ta avtomobil zarar koʻrgani xabar qilingan, keyinchalik ularning soni 95 taga yetgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar haqida hozircha maʼlumotlar yoʻq.
Ayni vaqtda Temirtov yaqinidagi Qaragʻanda shossesida 800 ga yaqin avtomobil toʻplanib qolgan. Politsiya haydovchilarni noqulay ob-havo sharoitida shahar tashqarisiga chiqmaslikka chaqirmoqda.
Voqea joyida politsiya va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ishlamoqda. Avtotrassaning bir qismi tozalangan, texnik jihatdan yaroqli avtomobillar harakatni davom ettira boshlagan, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring