Anvar qori Tursunov bugun tongda vafot etdi

Anvar qori Tursunov bugun, 13 iyun kuni tongda vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Xalq so‘zi Online”ga ma’lum qildi.
Anvar qori 5 aprel kuni mikroinsultni boshdan kechirib, operatsiya qilinganidan beri shifoxonada qolayotgan edi. 5 may kuni uning komadan chiqqani aytildi, biroq keyinchalik ahvoli baribir og‘irligi ma’lum qilingan edi.
Anvar qori Tursunov 1981 yil Toshkent davlat universiteti (O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda “Yoshlik” jurnalida muharrir vazifasida boshlagan.
So‘ngra Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy-muzeyi ilmiy xodimi, Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Yangiobod” masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi va “Xoja Ahror Valiy” masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015 yildan “Minor” masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring