Qoʻrgʻontepada talabalar avtobusi harakatlana boshladi

11:43 12 Dekabr 2022 Jamiyat
696 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon shahridagi oliygohlarda tahsil oluvchi qoʻrgʻontepalik talabalar endi uyidan oʻqish joyiga, oʻqishdan esa uyiga bepul qatnashlari mumkin. Qoʻrgʻontepa tumani hokimligi tashabbusi bilan boshlangan yangi loyihaga binoan 11 ta avtobus ajratildi. Ular haftaning shanba kuni talabalarni tumanning 8 ta manziliga, yakshanba kuni esa viloyat markazidagi yotoqxonalarga eltib qoʻyadi.

— Bundan, ayniqsa, ota-onalar minnatdor, - deydi Qorasuv shahrida istiqomat qiluvchi Oyxon Abdurazzoqova. — Qizim Andijon davlat universitetida oʻqiydi. Qish mavsumida yoʻl narxining oshgani kamlik qilgandek, transport vositasining yetishmasligi katta muammoga aylanayotgan edi. Farzandim uydan chiqib, oʻqish joyiga yetib borguniga qadar jonim halak boʻlardi. Shukr, endi xotirjamman. Sababi, avtobus oʻz vaqtida harakatlanishi bilan bir qatorda farzandlarimizga moddiy jihatdan ham nafi tegmoqda.

Talabalar avtobusi kecha ilk harakatni amalga oshirdi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?