Qoraqalpogʻistondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida 11 ta tuman hokimliklarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari yuzasidan jami 15 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan oʻrganishlar olib borildi.
Oʻrganishlar jarayonida, Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtakoʻpir, Qoraoʻzak, Taxiatosh va Xoʻjayli tuman hokimliklarida 31 ta holatda tovar yoki moliya bozorida faoliyat koʻrsatayotgan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qoʻyadigan imtiyozlar, preferensiyalar, yengilliklar va eksklyuziv huquqlarni asossiz ravishda berish, shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish va raqobatni cheklashga hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi boshqa turdagi hujjatlar chiqarilishi natijasida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 22-moddasi birinchi qismining 4, 5, 7, 9, 12 va 13 xat boshlari talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi.
Yuqoridagi oʻrganish natijalariga koʻra, 7 ta tuman hokimliklarining bayonnoma va chiqish xatlari “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring