Qoraqalpogʻistonda narkosavdogarlar ushlandi
Foto: DXX
Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan giyohvandlik vositasini Nukus shahrida pullayotgan shaxslar qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Maʼlum qilinishicha, DXX Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi va IIV tezkor xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Nukus shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 53 yoshli, muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro 9 gramm “opiy” moddasini Shumanay tumanida yashovchi, 60 yoshli mijozga 4 million soʻmga sotgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.
Shuningdek, nukuslik narkosavdogarning yonidan qoʻshimcha 5 gramm “opiy” ham olingan.
Aniqlanishicha, u ajal ogʻusini oʻzining 45 yoshli, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan tanishidan olgan boʻlib, Xoʻjayli tumanida davom ettirilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 20 gramm “opiy”ni 8 million soʻmga sotgan vaqtida ushlangan. Bundan tashqari, uning yonida boʻlgan sumkadan ham 1,17 kilogramm “opiy” moddasi olingan.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan.
Hozirda uchala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Qonunchilikka muvofiq bunday jinoyat sodir qilgan shaxslar 10-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring