Qoʻqondagi uylarda sodir boʻlgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Foto: Tergov departamenti
Qoʻqon shahridagi koʻp qavatli uylardan birida sodir boʻlgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.
Baxtsiz hodisa oqibatida mazkur uyda istiqomat qilgan, 19 yoshli fuqaro beton plita bosib qolishi sababli ogʻir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Boshqa shaxslarning jarohat olgani toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan. Hodisa natijasida bir nechta xonadonlarga zarar yetgan.

Xabar asosida hodisa joyiga ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning masʼul xodimlari yetib borib, yongʻinni bartaraf etish, chaqnashning kelib chiqish sabablarini aniqlash va hodisa joyini koʻzdan kechirish ishlariga kirishgan.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Ramazon Ashropov tomonidan voqea joyida tergov-tezkor guruhi tuzilib, masʼul xodimlarga zarur topshiriqlar berilgan. Jumladan, hodisa joyini Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq hujjatlashtirish, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan narsa va buyumlarni olish, guvohlardan batafsil koʻrsatmalar olish hamda boshqa zarur tergov harakatlarini amalga oshirish vazifalari yuklatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring