Qonunchilik hujjatlariga “xotin-qizlarni taʼqib etish” tushunchasi kiritiladi
Foto: Illustrativ foto
Bu boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborildi. Hozirgi kunda vazirlik va idoralardan mazkur loyiha yuzasidan takliflar olinmoqda. Mazkur hujjat bilan, shuningdek:
— tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash;
— ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
— yaqin qarindoshi boʻlgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
— shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, shaʼni va nomusini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash kabi qator normalarni kiritish koʻzda tutilmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan 2021-yilda “Gender-madad” elektron huquqiy maslahatchi platformasi ishlab chiqildi. Ushbu platformaga xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli mavzularga oid maʼlumotlar bazasi joylashtirildi. Mavzular quyidagilardan iborat: Ayollar huquqiy himoyasi; Gender tenglik; Ayollarga imtiyozlar; Oilaviy munosabatlar; Oilaviy zoʻravonlik; Xalqaro tashkilotlar Gender tengligiga erishish strategiyasi. Bundan tashqari, platforma orqali gender masalalar boʻyicha huquqiy borada maslahatni onlayn chat orqali olish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
“Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” doirasida tashkil etilgan sayyor qabullarda jami 1400 dan ziyod xotin-qizlarning muammolari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring