Qon saratonining oldini olish usuli topildi
AQSHning Vanderbilt universiteti olimlari TCL1A genini bloklash keksa yoshli kishilarda qon saratoni rivojlanishiga toʻsqinlik qilishini aniqladi.
Buning uchun 5000 dan ortiq kishining tibbiy maʼlumotlari tahlil qilindi. Natijada tadqiqotchilar xavfli qon hujayralari boʻlinishini qoʻzgʻatuvchi genni topishga muvaffaq boʻldi.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, endi TCL1A geniga yoʻnaltiriladigan dorilar orqali saraton hujayralari oʻsishini toʻxtatish mumkin.
Mualliflar fikricha, yosh oʻtishi bilan inson organizmdagi boʻlinuvchi hujayralar turli mutatsiyalarga uchraydi. Ularning aksariyati zararsiz.
Ammo keksa yoshli kishilarning 10 foizdan ortigʻida qon saratoni va yurak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mutatsiyalar rivojlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring