Qishloq xoʻjaligi yerlarini qayta ijaraga berish mumkin boʻladi

19:44 12 Sentyabr 2025 Hujjatlar
213 0

Illyustrativ foto

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda Prezidentning 12-sentyabr kuni qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 172-son farmonida qayd etilgan.

Mazkur farmonning qabul qilinishidan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilangan, jumladan:

• tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi boʻsh turgan yer uchastkalarini toʻliq hisobga olish va realizatsiya qilish;

• qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish.

Farmonga koʻra, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachilariga yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) huquqi beriladi.

Mazkur yerlar egalari va foydalanuvchilariga yer uchastkalariga boʻlgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida ijara huquqiga oʻzgartirish imkoniyati beriladi.

Bunda yerga egalik qilish va foydalanish huquqi ijara huquqiga oʻtkazilganda ijara muddati quyidagicha etib belgilandi:

• Oʻzbekiston fuqarolari va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun – 30-yil;

• chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun – 25-yil.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер