Qirgʻiziston parlamenti Oʻzbekistonga ID-karta bilan oʻtishga ruxsat beruvchi qonunni maʼqulladi

17:22 04 May 2023 Siyosat
894 0

Hujjat bilan Oʻzbekistonning barcha fuqarolari Qirgʻizistonga, xuddi shunday Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekistonga ID-karta orqali kirishlari mumkin boʻladi (ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi).

Ushbu tartib ayniqsa Oʻzbekistonning eksklav hududlari boʻlgan Soʻx, Shohimardon, Choʻngʻara kabi hududlaridagi yurtdoshlarimiz uchun katta yengillik boʻladi, ularning chegaradan oʻtishlaridagi ortiqcha byurokratiyaga chek qoʻyadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu oʻzgarishlarni koʻzda tutuvchi kelishuv 2023-yilning 27-yanvarida Sh.Mirziyoyevning Qirgʻizistonga tashrifi davomida imzolangan edi. Oʻzbekiston tomoni kelishuvni 26-aprel kuni ratifikatsiya qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?