Qilichbozlarimiz Osiyo chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi

23:43 14 Iyun 2022 Sport
516 0

Foto: olympic.uz

Janubiy Koreyaning Seul shahrida davom etayotgan qilichbozlik boʻyicha qitʼa birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qilgan shpagachi yigitlar kumush medalni qoʻlga kiritishdi.

Finalda ular mezbonlariga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz bellashuvda 38:35 hisobida koreyalik qilichbozlar gʻalaba qozondi.

Qayd etish joiz, bu qilichbozlarimizning qitʼa chempionati finalidagi ilk ishtiroki hisoblanadi. Bellashuvlarda Fayzulla Alimov, Nodirbek Moʻminov, Javohir Nurmatov, Roman Aleksandrov iborat yigitlar yurtimiz sharafini himoya qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?