Qashqadaryoda Navroʻz tantanalari davom etmoqda
Navroʻz — xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini oʻzida yaqqol mujassam etgan bayram. U yangilanish va yasharish fasli, inson va tabiat oʻzaro bir butunlik kasb etadigan ayyom. Navroʻziy shukuhli kunlarda kishi qalbi koʻkliklarga, kengliklarga talpinadi.
Shunga koʻra, Qashqadaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida Navroʻz tadbirlari “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!” degan bosh gʻoyasi asosida ochiq maydonlarda, umumxalq sayillari shaklida oʻtkazilmoqda.
Jumladan, Yakkabogʻ tumanida Navroʻz tadbirlari 15-mart kuni nishonlangan boʻlsa, bugun Dehqonobod tumanining Togʻaytemir hamda Oqirtma mahallalari orasidagi keng adirliklar bagʻrida tumanning asosiy bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.

Koʻkka burkangan keng dalada dehqonobodliklarning turmush-tarzi, hunarmandchiligi, milliy qadriyatlari, sanʼati oʻz aksini namoyon etdi goʻyo.
Bir tomonda hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlar koʻrgazmasi tashkil etilgan boʻlsa, bir yonda milliy sport oʻyinlari barchani oʻziga chorladi. Folklor-etnografik guruhlari va badiiy havaskorlik jamoalari, baxshilar, ijodkorlar hamda professional ijrochilar va isteʼdodli estrada artistlarining chiqishlari tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
17 -19-mart kunlari viloyatning yana qator hududlarida bayram sayllari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring