Qarz koʻpaysa, arz koʻpayadi
Foto: “Xalq soʻzi”
Andijon viloyatida aholining ichimlik suvidan qarzdorlik miqdori 119 milliard 607 million soʻmni tashkil etmoqda. Andijon shahri, Andijon, Asaka, Oltinkoʻl tumanlarida, ayniqsa, isteʼmol qilingan ichimlik suvi uchun haq toʻlamagan qarzdorlar safi kengayib bormoqda.
— Asaka tumanida qarzdorlikning salbiy oqibatini aholiga tushuntirish maqsadida targʻibot ishlari olib borilmoqda,ؙ — deydi “Andijon suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tumandagi filiali boʻlim boshligʻi Azamatjon Qosimov. –Afsuski, bu boradagi eʼtiborsizlik davom etmoqda. Natijada shu yilning avgust oyida isteʼmolchilarga 650 million soʻmlik xizmat koʻrsatilgan boʻlsa, aholi tomonidan foydalanilgan toza ichimlik suvi uchun 361 million soʻmlik toʻlov amalga oshirilgan, xolos. Natijada tuman miqyosida qarzdorlik miqdori 11 milliard 382 million soʻmga yetdi. Qarz koʻpaysa muammo yuzaga keladi, pirovardida arz koʻpayadi.
Taʼminotchi korxonaning isteʼmolchi oldidagi vazifalari boʻlgani kabi aholining ham korxona oldida oʻz burchlari bor. Har bir fuqaro ana shu burchga masʼuliyat bilan yondoshmas ekan, hududlardagi toza ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolar ham ortib boraveradi. Bu borada joylardagi mahalla fuqarolar yigʻini mutasaddilari aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borishsa, nur ustga nur boʻlardi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring