Qarshi shahrida yangi avlod televizorlari ishlab chiqariladi
Qarshi shahrida “Biss electronics system” MCHJ tomonidan 2018-yilda televizor ishlab chiqarish loyihasi boshlangan edi. Oʻtgan davr mobaynida korxonaning yillik quvvati 2-3 barobarga oshib, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish zarurati yuzaga keldi.
Shundan soʻng, «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining amaliy koʻmagi bilan korxonada ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida qoʻshimcha joy ajratildi. Bugun ushbu hududda qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
– Loyiha qiymati 1,5 mln.dollar boʻlib, yillik quvvati 60 ming donani tashkil etadi. Buning natijasida hududdagi 150 nafar yoshlar ish bilan taʼminlanadi, – deydi korxona rahbari Shuhrat Murotov. – Amaldagi korxonamizning bugungi quvvati bozor talablarini toʻliq qoplashga yetmayapti. Endilikda bu loyiha orqali biz 65 dyuymgacha boʻlgan yangi avlod televizorlarini ishlab chiqaramiz.
Loyiha 2022-yil mart oyida ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring