Qanday holatlarda fuqarolarga koronavirusga qarshi vaksinatsiya qabul qilish tavsiya etilmaydi? — dolzarb savollarga aniq javoblar

18:01 03 Aprel 2021 Jamiyat
1455 0

AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga qarshi vaksinatsiya haqidagi dolzarb savollarga javob berdi.

Savol: Qanday holatlarda fuqarolarga koronavirusga qarshi vaksinatsiya qabul qilish tavsiya etilmaydi?

Javob: Barcha emlanishga kelganlar shifokor tekshiruvi, zarur holatda klinik va laborator tekshiruvlardan oʻtkaziladilar.

Savol: Vaksina qabul qilgan fuqarolar salomatligi nazorat qilib boriladimi va bunga kimlar masʼul?

Javob: Vaksina olganlarni 3 kun davomida patronaj hamshiralari xonadonlarga borib xabar oladilar va kuzatilishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik holatlarni aniqlaydi.

Savol: Ikki kun oldin emlandim. Bugun negadir oyoqlarimda ogʻriq va ora-orada tomogʻim qurib qolmoqda. Tana haroratim 37 darajaga yetmadi. Bu emlash bilan bogʻliqmi?

Javob: Bu kabi holatlar vaksinadan keyin uchrashi mumkin boʻlgan holatlarga oʻxshamaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер