Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi
Illyustrativ foto
Qonun (OʻRQ–1072-son, 26.06.2025-y.) bilan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eʼtiboran 2 soat ichida oʻtkaziladi. Bunda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha belgilangan namunadagi tibbiy maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Tibbiy koʻrik chogʻida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga maʼlum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring