“Qamchiq” dovonida “Isuzu” YTHga uchradi
Videodan kadr
“Qamchiq” dovonida “Isuzu” rusumli yuk avtomobil yoʻl-transport hodisasiga uchrashi oqibatida ikki nafar fuqaro jabrlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 11-may kuni soat 01:01 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlangan “Isuzu” rusumli yuk avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib yoʻlning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan. Hodisa oqibatida haydovchi va 1 nafar yoʻlovchi mashina kabinasiga qisilib qolgan.
Holat yuzasidan “Qamchiq” maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar xabar berilgach, qutqaruv otryadi manzilga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida ikki fuqaro ham qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Shuningdek xandaqqa tushib ketgan yuk avtomobili xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring