Qamashilik tadbirkor gulxayri gulini eksport qilmoqda

10:28 04 Mart 2021 Iqtisodiyot
2644 0

Foto: O'zA

Kosmetika sanoati uchun noyob xomashyo hisoblangan dorivor oʻsimliklar yetishtirib kelayotgan Qamashi tumanidagi “BBU-Azamat” xususiy korxonasida oʻtgan yili 16 tonna yoki 182 ming AQSH dollari miqdorida gulxayri guli Yevropa davlatlariga, xususan, Fransiya, Germaniya va Ispaniyaga eksport qilindi.

— Gulxayri guliga Yevropada talab juda katta, ammo bu noyob oʻsimlik hamma davlatlarda ham oʻsavermaydi, — deydi korxona rahbari oʻrinbosari Doʻstmurod Choriyev. — Oʻzbekistonimiz, ayniqsa Qamashi tumani iqlimi gulxayrining oʻsishi va gullashi uchun juda qulay muhit hisoblanadi. Shu bois, biz yetishtirayotgan mahsulot sifati xorijlik hamkorlarimiz talabiga mos tushmoqda. Hozirgi kunda korxonamizda 5 gektar yerda gulxayri guli yetishtirayotgan boʻlsak, 300 ga yaqin aholi xonadonlariga ham urugʻini berib, hosilini sotib olyapmiz. Shu tariqa tumandagi Chim qishlogʻining 300 nafarga yaqin aholisi yaxshigina daromad topmoqda.

Korxona 2021-yilda xorijga 25 tonna gulxayri guli eksport qilish maqsadida chet ellik hamkorlar bilan shartnoma imzolagan.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?