Qahramonlar jasorati yodga olindi
9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Qurolli Kuchlar faxriylari, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya, Qorovul qo‘shinlaridan jalb etilgan yosh harbiylar va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Jarayonda Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz, mohir sarkardalar va jadidlar jasorati yodga olindi.
So‘ngra "Shon-sharaf" muzeyida kichik guruhlarga bo‘lingan holda Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan faxriylarga, yosh harbiylarga va o‘quvchilarga mavjud eksponatlar, shu jumladan, har bir qo‘shin turi bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar tanishtirildi.
Shu bilan birga, muzeydagi prokuratura burchagida Ikkinchi jahon urushida jasorat va mardlik namunasini ko‘rsatgan prokuratura organlari xodimlari, o‘z navbatida, prokuratura organlarining o‘sha davrdagi vazifalari va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring