Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Til – davlat timsoli, mulki, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixidan darak beruvchi vositadir. Shu sabab uni asrab-avaylash, o‘z ona tilimizda mazmunli, ravon so‘zlash har birimizning burchimiz hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2010-yil 10-apreldagi 615-son qonunining 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilanib, har yili bayram sifatida yurtimizda keng nishonlanib kelinmoqda.
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda professor, Xalqaro "Antik dunyo" va “Turon” fanlar akademiyalarining akademigi, notiq Rahimboy Jumaniyozov ishtirok etib, tilimizning boy tarixi, unga bo‘lgan hurmat, bugungi kunda davlat tilida ish yuritish masʼuliyati haqida atroflicha maʼlumot berdi.
- Bugungi kunda olib borilayotgan til masalasidagi davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan tub islohotlar bilan uyg‘un va hamohang. Til – bu umumiy farovonlik, kelajak yo‘limizda olib borilayotgan ishlarda birlashtiruvchi ahamiyatga ega, – degan edi yurtboshimiz o‘z nutqlarida.
Yurtimiz ko‘p millatli xalqlardan iborat bo‘lib, unda 136 dan ziyod millat va elatlar istiqomat qiladi. Ularning barchasini birlashtiruvchi esa bu tildir. O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millatlarning haq-huquqlari birdek ko‘riladi. O‘zbek tilimizga qanday eʼtibor berilgan bo‘lsa, boshqa millat vakillari uchun ham ana shunday imkoniyat va sharoitlar yaratib berilgan. Ayrim davlatlar borki, o‘z ona tilisi yo‘q, boshqa davlat tilida muloqot qilishadi. Biz esa shukronalar qilsak arziydi, chunki bizning o‘z ona tilimiz bor”.
Hayotiy misollar bilan o‘tkazilgan taqdimot barchaga o‘zgacha zavq bag‘ishlab, kelgusida bu kabi tadbirlarni muntazam tashkil etib turishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring