Qadim kent bayram ogʻushida

20:55 29 Dekabr 2022 Jamiyat
727 0

Foto: Xalq so‘zi

Fotoreportaj

 

Yangi yil bayrami barchamiz orziqib kutadigan, yaxshilik va quvonch, sovgʻa-salomlar ulashish ayyomi.

Bayram arafasida hamyurtlarimiz kayfiyatiga yanada koʻtarinkilik ulashish niyatida anʼanaga muvofiq, Samarqand shahrining aholi gavjum manzillari, yaʼni viloyat musiqali drama teatri oldida, Temiryoʻl vokzali hududida, Alisher Navoiy koʻchasida, shuningdek, Sartepa va Qorasuv massivlari hamda Farhod, Soʻlim, Kimyogarlar qoʻrgʻonlarida Yangi yil archalari oʻrnatildi

Ayni kunlarda belgilangan reja asosida archalar atrofida teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, konsert dasturlari taqdim qilinmoqda.

Qorbobo, Qorqiz va boshqa ertak qahramonlari bolajonlarga bir olam zavq baxsh etmoqda.

Bayram sayillariga chiqqan kattayu kichik nigohidagi xotirjamlik, shodlik va shukronalik tinch va osuda hayotimizning yorqin ifodasidir.

Samarqandda bayram tomoshalari 2023-yilning 5-yanvarigacha davom etadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?