PSJ ilk bosqichda “Barselona”ga, “Real Madrid” esa “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi

23:59 28 Avgust 2025 Sport
659 0

Arxiv surat

Futbol boʻyicha Yevropa klublari oʻrtasidagi nufuzli musobaqa — Chempionlar ligasiga qurʼa tashlandi.

Unga koʻra, musobaqaning amaldagi chempioni Fransiyaning “PSJ” klubi umumiy bosqichda Ispaniyaning “Barselona”, Germaniyaning “Bavariya” (uyda), Italiyaning “Atalanta” (uyda), Germaniyaning “Bayer” (safarda), Angliyaning “Tottenxem” (uyda), Portugaliyaning “Sporting” (safarda), Angliyaning “Nyukasl” (uyda), Ispaniyaning “Atletik Bilbao” (safarda) klublariga qarshi bahs olib boradi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻp tepadigan Angliyaning “Manchester Siti” klubi umumiy bosqichda Germaniyaning oʻz maydonida “Borussiya Dortmund” va “Bayer”, Italiyaning “Napoli”, Turkiyaning “Galatasaroy”, safarda esa Ispaniyaning “Real Madrid”, “Vilyarreal”, Norvegiyaning “Budyo-Glimt” va Fransiyaning “Monako” jamoalari bilan bellashadi.

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi oʻz maydonida Angliyaning “Manchester Siti”, Italiyaning “Yuventus”, Fransiyaning “Marsel” va “Monako” klublariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoa safarda Angliyaning “Liverpul”, Portugaliyaning “Benfika”, Qozogʻistonning “Qayrat” va Gretsiyaning “Olimpiakos” klublariga qarshi bahs olib boradi.

Ispaniyaning “Barselona” klubi esa oʻz maydonida Germaniyaning “Ayntraxt”, Gretsiyaning “Olimpiakos” va Daniyaning “Kopengagen” klublariga qarshi bahs olib boradi. Safarda esa Angliyaning “Chelsi”, Belgiyaning “Bryugge”, Chexiyaning “Slaviya Praga” va Angliyaning “Nyukasl” klublariga qarshi maydonga tushadi.

Qozogʻistonning “Qayrat” klubi oʻz maydonida Ispaniyaning “Real Madrid”, Belgiyaning “Bryugge”, Gretsiyaning “Olimpiakos” va “Pafos” klublarini qabul qiladi. Cafarda esa Italiyaning “Inter”, Angliyaning “Arsenal”, Portugaliyaning “Sporting” va Daniyaning “Kopengagen” klublariga qarshi bahs olib boradi.

Qolgan jamoalarning raqiblari quyida tanishasiz.

Birinchi savat:

“Bavariya”ning raqiblari — “Chelsi”, “PSJ”, “Arsenal”, “Bryugge”, “Sporting”, PSV, “Yunion” va “Pafos”.

“Liverpul”ning raqiblari — “Real”, “Inter”, “Atletiko”, “Ayntraxt”, “PSV”, “Marsel”, “Qorabogʻ”, “Galatasaroy”.

“Inter”ning raqiblari — “Liverpul”, “Borussiya Dortmund”, “Arsenal”, “Atletiko”, “Slaviya Praga”, “Ayaks”, “Qayrat” va “Yunion”.

“Chelsi”ning raqiblari — “Bavariya”, “Barselona”, “Benfika”, “Atalanta”, “Ayaks”, “Napoli”, “Pafos” va “Qorabogʻ”.

“Borussiya Dortmund”ning raqiblari — “Inter”, “Manchester Siti”, “Vilyarreal”, “Yuventus”, “Budyo-Glimt”, “Tottenxem”, “Atletik Bilbao”, “Kopengagen”.

Ikkinchi savat:

“Arsenal”ning raqiblari — “Bavariya”, “Inter”, “Atletiko”, “Bryugge”, “Olimpiakos”, “Slaviya Praga”, “Qayrat”, “Atletik Bilbao”.

“Bayer”ning raqiblari — “Manchester Siti”, “PSJ”, “Vilyarreal”, “Benfika”, “PSV”, “Olimpiakos”, “Nyukasl” va “Kopengagen”.

“Atletiko Madrid”ning raqiblari — “Inter”, “Liverpul”, “Ayntraxt”, “Arsenal”, “Budyo-Glimt”, “PSV”, “Yunion”, “Galatasaroy”.

“Benfika”ning raqiblari — “Real Madrid”, “Chelsi”, “Bayer”, “Yuventus”, “Napoli”, “Ayaks”, “Qorabogʻ”, “Nyukasl”.

“Atalanta”ning raqiblari — “Chelsi”, “PSJ”, “Bryugge”, “Ayntraxt”, “Slaviya Praga”, “Marsel”, “Atletik Bilbao”, “Yunion”.

“Vilyarreal”ning raqiblari — “Manchester Siti”, “Borussiya Dortmund”, “Yuventus”, “Bayer”, “Ayaks”, “Tottenxem”, “Kopengagen” va “Pafos”.

“Yuventus”ning raqiblari — “Borussiya Dortmund”, “Real Madrid”, “Benfika”, “Vilyarreal”, “Sporting”, “Budyo-Glimt”, “Pafos” va “Monako”.

“Ayntraxt”ning raqiblari — “Liverpul”, “Barselona”, “Atalanta”, “Atletiko”, “Tottenxem”, “Napoli”, “Galatasaroy” va “Qorabogʻ”.

“Bryugge”ning raqiblari — “Barselona”, “Bavariya”, “Arsenal”, “Atalanta”, “Marsel”, “Sporting”, “Monako”, “Qayrat”.

Uchinchi savat:

“Tottenxem”ning raqiblari — “Borussiya Dortmund”, “PSJ”, “Vilyarreal”, “Ayntraxt”, «Slaviya Praga”, “Budyo-Glimt”, “Kopengagen” va “Monako”.

PSVning raqiblari — “Bavariya”, “Liverpul”, “Atletiko”, “Liverpul”, “Napoli”, “Olimpiakos”, “Yunion” va “Nyukasl”.

“Ayaks”ning raqiblari — “Inter”, “Chelsi”, “Benfika”, “Vilyarreal”, “Olimpiakos”, “Marsel”, “Galatasaroy” va “Qorabogʻ”.

“Napoli”ning raqiblari — “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Ayntraxt”, “Benfika”, “Sporting”, PSV, “Qorabogʻ” va “Kopengagen”.

“Sporting”ning raqiblari — “PSJ”, “Bavariya”, “Bryugge”, “Yuventus”, “Marsel”, “Napoli”, “Kayrat” va “Atletik Bilbao”.

“Olimpiakos”ning raqiblari — “Real”, “Barselona”, “Bayer”, “Arsenal”, “PSV”, “Ayaks”, “Pafos” va “Qayrat”.

“Slaviya Praga” raqiblari — “Barselona”, “Inter”, “Arsenal”, “Atalanta”, “Budyo-Glimt”, “Tottenxem”, “Atletik Bilbao”, “Pafos”.

“Budyo-Glimt”ning raqiblari — “Manchester Siti”, “Borussiya Dortmund”, “Yuventus”, “Atletiko”, “Tottenxem”, “Slaviya Praga”, “Monako” va “Galatasaroy”.

“Marsel”ning raqiblari — “Liverpul”, “Real”, “Atalanta”, “Bryugge”, “Ayaks”, “Sporting”, “Nyukasl” va “Yunion”.

Toʻrtinchi savat:

“Kopengagen”ning raqiblari — “Borussiya Dortmund Dortmund”, “Barselona”, “Bayer”, “Vilyarreal”, “Napoli”, “Tottenxem”, “Qayrat” va “Qorabogʻ”.

“Monako”ning raqiblari — “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Yuventus”, “Bryugge”, “Tottenxem”, “Budyo-Glimt”, “Galatasaroy”, “Pafos”.

“Galatasaroy”ning raqiblari — “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Atletiko”, “Ayntraxt”, “Budyo-Glimt”, “Ayaks”, “Yunion”, “Monako”.

“Yunion”ning raqiblari — “Inter”, “Bavariya”, “Atalanta”, “Atletiko”, “Marsel”, “PSV”, “Nyukasl”, “Galatasaroy”.

“Qorabogʻ”ning raqiblari — “Chelsi”, “Liverpul”, “Ayntraxt”, “Benfika”, “Ayaks”, “Napoli”, “Kopengagen” va “Atletiko”.

“Atletik Bilbao”ning raqiblari — “PSJ”, “Borussiya Dortmund”, “Arsenal”, “Atalanta”, “Sporting”, “Praga”, “Qorabogʻ” va “Nyukasl”.

“Nyukasl”ning raqiblari — “Barselona”, “PSJ”, “Benfika”, “Bayer”, “PSV”, “Marsel”, “Atletik Bilbao”, “Yunion”.

“Pafos”ning raqiblari — “Bavariya”, “Chelsi”, “Vilyarreal”, “Yuventus”, “Slaviya Praga”, “Olimpiakos”, “Monako” va “Qayrat”.

36 ta klubning barcha natijalari umumiy jadvalda joylashtiriladi. Yuqori oʻrinni egallagan 8 ta klub 1/8 finalga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl oladi. 9-oʻrindan 24-oʻringacha boʻlgan jamoalar juftlik bahslarini oʻtkazadi. 25-oʻrindan 36-oʻringacha boʻlgan jamoalar musobaqani tark etadi.

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi oʻyinlari 16-sentyabr — 28-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻyinlarning aniq sanalari 30-avgustda maʼlum boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер