“Prokuratura, ichki ishlar, soliq rahbarlari yaxshilab eshitib olsin…” – Shavkat Mirziyoyev sobiq sektor rahbarlarini ogohlantirdi
“Prokuratura, ichki ishlar, soliq rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: sektor ishidan ozod qilish bu – eski davrga qaytib, aholi va tadbirkorlarga har qadamda toʻsiq, korrupsiyaga sharoit yaratish, degani emas”, — dedi davlatimiz rahbari.
Tumanda jinoyatchilikni jilovlashga hokim bosh boʻlib, barcha ishlarni muvofiqlashtirishi, uning bu boradagi oʻrni hech qayerga yoʻqolmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Har haftada prokuror va ichki ishlar boshligʻi bilan hududdagi vaziyatni muhokama qilib borishi shart va zarurligi qayd etildi.
Bosh prokuratura, Ichki ishlar, DXX akademiyalari, Yuridik va Jamoat xavfsizligi universitetlariga jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha hudud va sohalar biriktirilgan edi. Lekin ular kriminogen vaziyat murakkab mahallalarga olimlarini yubormayotgani, ushbu mahallalarni namunali qilishda jonbozlik koʻrsatmayotganiga eʼtiroz bildirildi.
Milliy kengash har chorakda ushbu oliygohlar rahbarlaridan ham hisobot soʻrab borishi kerakligi taʼkidlandi.
Umuman, Senat kamida 1 ta hududda jinoyatchilikni keskin qisqartirish boʻyicha, Qonunchilik platasi esa kamida 1 ta sohada korrupsiyaga barham berish boʻyicha takliflar berib borishi bu boradagi ishlar natijadorligini yanada oshirishiga ishonch bildirildi.
Bundan buyon, vazir va hokimlar lavozimga qoʻyilishidan oldin korrupsiyani oldini olish boʻyicha aniq rejasini parlament va mahalliy kengashlar oldida himoya qiladigan tizim joriy etish taklif qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring