Prezidentimiz vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi
Har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda oʻrtacha 500 nafar xodim ishlaydi. Ularning viloyatda idorasi ham, boshligʻi ham bor.
Ayrim tuman tashkilotlari oddiy-oddiy masalalarni hal qilish uchun viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olishi kerak.
Masalan, Qumqoʻrgʻon markazidagi temir yoʻlida har kuni 20-marta yopiladigan “shlagbaum” 200 metr nariga koʻchirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik yoʻqoladi. Lekin, bunga na tuman, na viloyat hokimini vakolati bor. “Oʻzbekiston temir yoʻllari”dan ruxsat olish kerak.
Yoki, “Termiz-Sariosiyo” temir yoʻlining yarmi elektrlashmagani uchun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 soatda borayapti. Shu bois, koʻpchilik avtomobilda harakatlanmoqda.
Tuman hokimlari va aholi takliflarini eshitib, bu yoʻnalishni oxirigacha elektrga oʻtkazsa, 10 ta tumanni Termiz bilan xavfsiz bogʻlash mumkin, lekin transport vaziri I.Mahkamov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” raisi Z.Narzullayev bunga loqaydligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring