Prezident Jamshid Qoʻchqorovni “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi” unvoni bilan taqdirladi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unvoni berildi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, unvon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan davlat idoralaridagi koʻp yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga koʻtarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qoʻshayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yoʻlidagi ibratli faoliyati uchun berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring