Prezident tashrifidan soʻng Toshkent tumanida qanday oʻzgarishlar yuz berdi?

13:11 18 Avgust 2025 Jamiyat
158 0

Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”

Prezidentning tashrifidan soʻng Toshkent tumanida barcha sohalarda oʻzgarishlarga yoʻl ochildi – nafaqat gʻoyalar, balki ularning hayotga tatbiq etilgan amali shakli ham koʻzga yaqqol tashlanmoqda.

Bugun eʼtibor markazida inson – uning maʼnaviy kamoloti, taʼlim olishi, sogʻlom ulgʻayishi va munosib hayot kechirishi turibdi. Har bir amalga oshirilayotgan loyiha ortida xalq farovonligini taʼminlash, ertangi kunga ishonch uygʻotish maqsadi mujassam.

Qirariq mahallasining oʻzagida joylashgan, 1940-yilda qurilgan 25-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi prezident tashrifidan soʻng joʻshqinlangan tadbirkorlar koʻmagida yangi qiyofa kasb etdi. Ilgarigi 140 oʻrinli bogʻcha endilikda 500 bolaga moʻljallangan zamonaviy muassasaga aylandi. Yangilangan sharoit nafaqat bolalar uchun qulay muhit yaratdi, balki 25 nafar pedagog uchun ish oʻrni ham taʼminlandi. Bu – Qirariq, Ahillik, Tinchlik va Qorasaroy mahallalarida istiqomat qiluvchi oilalar uchun katta shodlik.

Qir-ariq mahallasining 3-sektoridagi 9 gektar yer maydonida joylashgan MCHJ tomonidan ham zamonaviy, tomchilatib sugʻorish texnologiyasi asosida meva bogʻi barpo etilmoqda. Bu yerda yiliga 153 tonna eksportbop uzum va shaftoli yetishtirish koʻzda tutilgan. Har bir daraxt – faol mehnat, barqaror daromad va zamonaviy qishloq xoʻjaligining amaldagi namunasidir. 10 nafar yangi ishchi bilan bu bogʻ ham mehnat, ham mehr maskaniga aylanmoqda.

Shu bilan birga, Sabzavot mahallasida qad rostlayotgan Toshkent kimyo xalqaro universitetining yangi kampusi ilm-fanning kuchini namoyon etmoqda. 3000 talabaga moʻljallangan oliygoh, 800 oʻquvchiga ixtisoslashgan maktab, 300 bola uchun bogʻcha – barchasi 316 milliard soʻmlik sarmoya evaziga barpo etilmoqda. Shu orqali 700 nafar fuqaroga ish oʻrni yaratiladi. Bu — kelajakka investitsiya, taʼlimga ehtirom ramzidir.

Hasanboy mahallasida joylashgan, uzoq yillardan buyon tashlandi holda turgan binolar oʻrnida esa maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qurilmoqda. 14,8 milliard soʻmlik ushbu loyiha 1050 nafar maktab oʻquvchisi va 260 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchisini qamrab oladi. 120 nafar xodim yangi ish oʻrniga ega boʻladi.

Prezident tashrifi bugun yangi bosqichdagi rivojlanishni boshlab berdi. Toshkent tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar – bu xalq dardiga quloq tutish, fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash va soʻzdan amalga oʻtilgan harakatlar namunasidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер