Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqandga keldi

23:45 28 May 2025 Siyosat
141 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni 28-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 29-may kuni boʻlib oʻtadi.

Oliy darajadagi muzokaralar va boshqa qator ikki tomonlama tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер