Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilish boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.
Oʻtgan yili mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,7 foizga oʻsib, 147 milliard dollardan oshdi.
Iqtisodiyotga ilgʻor, energiya tejamkor texnologiya olib kirilayotgani, yuqori qoʻshilgan qiymat beradigan loyihalar koʻpaytirilayotgani natijasida bir yil ichida bir dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratishga sarflangan energiya xarajatlari 15 foizga kamaydi, iqtisodiy oʻsishning yarmidan koʻpi xizmatlar hisobidan taʼminlandi. Qishloq xoʻjaligida gektaridan oʻrtacha daromad 4,5 mingdan 5 ming dollarga koʻpaydi. Mehnat unumdorligi 4,7 foizga oshdi.
“Bularning barchasi iqtisodiyotimiz yangi sifat bosqichiga oʻtayotganidan dalolat.
Biz 2026-yilda 6,6 foizli iqtisodiy oʻsish qilib, yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazishni prognoz qilgan edik. Bu geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy tebranishlar hisobga olib qilingan ehtiyotkor prognoz”, dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari har bir vazir, hokim, tarmoq rahbari sohasi, tizimi, korxonalariga yangicha boshqaruv olib kirib, bor resurslardan samarali foydalansa, anʼanaviy eksport bozorlari va mahsulotlariga bogʻlanib qolmasdan, yangi yoʻnalishlarni topib, tadbirkorlarga yoʻl ochib bersa, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish boʻyicha mutaxassislarni jamlab, innovatsiyalar qilsa, salohiyatli yoshlarni topib, “startap klub”lar tashkil etsa, ularning ishlanmalarini korxonalarda qoʻllasa, yanada yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.
Lekin koʻp rahbarlar jon kuydirib, katta marra olish oʻrniga hech qanday oʻzgarish qilmasa ham oʻz-oʻzidan taʼminlanadigan rejalar olgani koʻrsatib oʻtildi.
Soʻnggi uch yilda sanoatda qoʻshilgan qiymat ulushi 40,7 foizdan 43 foizga koʻpaydi. Lekin ushbu koʻrsatkich avtomobil ishlab chiqarishda atigi 20,7 foiz, elektr uskunalarida 29,3 foiz, oziq-ovqat sanoatida 30,1 foiz, charm sanoatda 33,4 foiz, kimyo sanoatda 40,4 foizni tashkil qilib, qoʻshilgan qiymat pastligicha qolmoqda.
Vaholanki, 2023-2025-yillarda mana shu 5 ta tarmoqqa jami 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 200 dan ziyod yangi quvvatlar ishga tushdi.
Masalan, agrotexnologiya oʻzgargani uchun dehqonlar dalada suyuq oʻgʻit ishlatishni afzal koʻryapti. Lekin haligacha kimyo zavodlari bunga moslasha olgani yoʻq. Faqat anʼanaviy mineral oʻgʻit ishlab chiqarmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring