Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi

20:47 24 Oktyabr 2021 Hujjatlar
2931 0

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi koʻp yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgani, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oʻttiz yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlansin:  

II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

Djurayev Shodibek Valiyevich    -    Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi otryad komandiri

Islamxodjayev Xondamir Azatovich    -    Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshqarma boshligʻi

Sobirov Shuxratjon Urinbayevich    -    Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
 
“Mardlik” ordeni bilan

Kazbekov Salavat Alibekovich    -    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Matanov Shavkatboy Nasirdinovich    -    Toshkent shahar Yakkasaroy tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Raximberdiyev Kosimjon Karimberdiyevich    -    Fargʻona viloyati Soʻx tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Ergashev Kaxramon Zokirjonovich    -    Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshqarma boshligʻi

Joʻrayev Muhiddin Utkurovich    -    Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

 “Doʻstlik” ordeni bilan

Djavakova Karine Vladimirovna    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini taʼminlash kafedrasi boshligʻi

Nadjimov Toxritdin Zuxridinovich    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Jar” sport-sogʻlomlashtirish kompleksi boshligʻi

Uzakbayev Baxadir Jollibayevich    -    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi

“Jasorat” medali bilan

Ismailov Uchqun Axmedovich    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi katta tezkor vakili

Latipov Diyor Pardaboyevich    -    Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshqarma boshligʻi

Tillaxujayev Maʼruf Tursunovich    -    Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakili

Toʻxliyev Sherali Nafasovich    -    Toshkent shahar Chilonzor tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika inspektori

Umarov Zokir Shuxratovich    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi safdor xodimi

Urmonov Dilmurot Butaboyevich (marhum)    -    Toshkent viloyati Piskent tumani ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi inspektori

Qodirov Axmad Jumanovich    -    Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni otryad komandiri

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan 

Abduraimov Akmal Qoʻchqorovich    -    Navoiy viloyati Qiziltepa tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Akaboyev Yoqubjon Neʼmatovich    -    Jizzax viloyati Zarbdor tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Akramov Kamolitdin Nuritdinovich    -    Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili

Alkarov Eldor Maxmudovich    -    Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi

Allayarov Xasan Baltayevich    -    Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi konvoy guruhi xodimi

Atabayev Keldibek Amanbayevich    -    Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl-patrul xizmati inspektori

Bariyev Zamir Serverovich    -    Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi

Ibragimov Zafar Xakimbayevich    -    Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari 

Isaboyev Oxunjon Toshpoʻlatovich    -    Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektori

Ismanov Isomiddin Baxridinovich    -    Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashkiliy boshqarma boshligʻi

Ismoilov Ibragim Oʻsmonovich    -    Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining maslahatchisi

Muazzamov Muzafar Ergashevich    -    Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni boʻlinma komandiri

Murodov Dilmurod Aslonovich    -    Buxoro viloyati Shofirkon tumani ichki ishlar boʻlimi 2-ichki ishlar boʻlinmasi boshligʻi

Nuriddinov Gayratjon Gulamovich    -    Namangan shahar Davlatobod tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Nuriddinov Saidolim Saidkamol oʻgʻli    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi

Tulaganov Mirzoxid Mirgiyasiddinovich    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili

Turakulov Akmal Musurmonovich    -    Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Xozgaliyev Zufar Erkinbayevich    -    Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi

Sharipov Gʻulom Masharifovich    -    Xorazm viloyati Urganch tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Eshmatov Ilyosbek Turgunbayevich    -    Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni boʻlinma komandiri

“Shuhrat” medali bilan

Azimov Olim Qahramonovich    -    Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori

Ganiyev Sherzod Alisherovich    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti boshligʻining oʻrinbosari 

Jumanov Axrorjon Inomovich    -    Fargʻona viloyati Beshariq tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika katta inspektori

Kovalchuk Arseniy Olegovich    -    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi otryad inspektori

Madaliyev Faxriddin Abduvaliyevich    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili

Normetov Otabek Ulugbekovich    -    Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi birinchi mintaqaviy hudud boʻyicha patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Nurmatov Zoirjon Pozilovich    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Andijon akademik litseyi direktori

Turaxonov Davronbek Abdirasilovich    -    Surxondaryo viloyati Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori

Fatulloyeva Nasiba Asrorovna    -    Buxoro viloyati Romitan tumani ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori

Xasanov Alisher Akbarovich    -    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchisi

Xusanov Muxamad Raxmonovich    -    Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kinologiya xizmati instruktor-kinologi

Shomurotov Nurbek Sevdiyorovich    -    Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni guruh komandiri

Eshonov Xoshim Nortojiyevich    -    Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni safdor xodimi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?