Prezident “Garvardchilar maktabi”ni ochish boʻyicha katta farmon imzoladi

15:05 15 May 2025 Jamiyat
159 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida chetda oʻqiyotgan yoshlarimizning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani koʻrsatib oʻtildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi taʼlim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.

“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yoʻnaltirib, oliygoh tanlashga koʻmaklashib, maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻysak boʻldi, koʻrsatkichlarimiz karrasiga oshadi”, dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish boʻyicha katta farmon imzolaganini aytdi.

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumtaʼlim maktablariga biriktiriladi.

Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.

Joriy yilda yangi maktablar qurish uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilindi. Buning evaziga 58 ta maktab qurilib, 72 mingta oʻquvchi oʻrni yaratiladi.

Bunga qoʻshimcha ravishda viloyatlar hokimlariga joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya kabi davlatlardan investorlar olib kelib, mahalliy tadbirkorlarga sharoit yaratib, maktab qurilishiga 10 million dollardan mablagʻni jalb qilish boʻyicha topshiriq berildi.

Maktablar quvvatini oshirishning maqbul yoʻllaridan biri xususiy sheriklik ekani taʼkidlandi.

Shu bois maktablar va bogʻchalar uchun xususiy sheriklik loyihalarining eʼlonda turish muddati 45 kundan 30 kunga qisqartiriladi.

Mutasaddilarga joriy yilda maktab taʼlimida kamida 100 ta shunday loyihani boshlash topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер