Prezident Bosh vazir lavozimiga oʻz nomzodini maʼlum qildi
Prezident Yangi Oʻzbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qoʻyayotganini taʼkidladi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab boʻlmasligi qayd etildi.
Shu bois Hukumat oʻz faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etishi kerak, buning uchun unga kuchli rahbar, yaʼni, Bosh vazir zarur.
Davlatimiz rahbari bu masalani atroflicha oʻylab, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini koʻrsatishga qaror qilganini aytdi.
“Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega boʻlgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, masʼuliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar” — Prezident
Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega boʻlgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, masʼuliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani taʼkidlandi.
Ushbu nomzod bugun Hukumat oldiga qoʻyilgan, koʻlami va miqyosi benihoya katta boʻlgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, Hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirildi.
Prezidentimiz Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring