Prezident ayrim sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymat va eksportni keskin oshirishga chaqirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtgan yigʻilishda ichki bozor bilan cheklanmasdan, eksportni yanada koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.
Salohiyati yuqori boʻlgan toʻqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat kabi sohalarda imkoniyatlar toʻliq ishlatilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Hozirda ip-kalavani qayta ishlash darajasi 50 foiz boʻlsa, xom ipakda – 75 foiz, misda – 64 foiz, meva-sabzavotda esa 16 foizni tashkil qilmoqda.
Mamlakatimizdagi 1 mingga yaqin konlarda 100 dan ortiq turdagi mineral xomashyo bazasi mavjud. Tasdiqlangan zaxiralar qariyb 1 trillion dollarga baholangan.
Yildan yilga qazib olish koʻpaymoqda. Lekin sanoatda yuqori texnologik ishlab chiqarish ulushi 25 foiz.
Shu bois Prezidentimiz xomashyoni chuqur qayta ishlab, yuqori qoʻshilgan qiymat va eksportni keskin oshirishga chaqirdi.
Mutasaddilarga tarmoqlar bilan birgalikda har bir xomashyo kesimida chuqur qayta ishlash va yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha besh yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Tadbirkorlar meva-sabzavotni asosan tomorqadan olayotgani uchun eksportga bir turdagi mahsulotni uzluksiz va sifatli yetkazib berishga qiynalmoqda. Shuning hisobiga eksportdan tushum ham past.
Kelgusi yilda 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilish uchun barcha imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.
Shu bois, 1 million gektar meva-sabzavot yerlari 760 ta urugʻ beruvchi va 824 ta eksportchi korxonaga bogʻlandi.
Shuningdek, Toshkent viloyati va Namanganda yangi tajriba boshlanmoqda. Bunda paxta-gʻalladan qisqaradigan yerlar 50 gektargacha yirik lotlarda auksionga qoʻyilib, sanoatlashgan plantatsiya qilish uchun professional investorlarga sotiladi.
Bu yerlardagi 20 sotixgacha maydonda “shok” usulida muzlatkich, kalibrovka va qadoqlash sexlari qurishga ruxsat beriladi.
Yetishtirilgan meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard soʻmgacha subsidiya ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring