Poliomiyelitni davolasa boʻladimi?

Har bir ota-ona farzandining sogʻlom va baquvvat boʻlishiga eʼtibor qaratadi, kelajakda baxtli hayot kechirishi uchun harakat qiladi. Albatta, bolaning sogʻlom oʻsishi, turli kasalliklarga chalinishining oldini olib, toʻgʻri ovqatlanishiga eʼtibor qaratilishi kelgusi hayotini belgilaydigan omil hisoblanadi. Afsuski, shunday kasalliklar borki bolalarda umrbod majruhlikka olib keladi. Poliomiyelit ana shunday kasalliklardan biridir. Kasallikka chalingan bemor bir umrga nogironga aylanadi.
Hozirgi kunda shol kasalligining oldini olishda eng samarali usul kasallikka qarshi emlash hisoblanadi. Xoʻsh, poliomiyelit kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar nimalar, alomatlari, unga qarshi qanday choralar koʻrish lozim? Quyida aynan shu savollarga javob olishingiz mumkin.
Poliomiyelit – oʻtkir shol kasalligi boʻlib, uni mayda, hatto oddiy mikroskopda ham koʻrib boʻlmaydigan viruslar chaqiradi. Kasallik asab tizimi, ayniqsa orqa miyani shikastlaydi. Poliomiyelit bilan asosan 10 yoshgacha boʻlgan bolalar kasallanadilar. Kasallikning yashirin davri oʻrtacha 5-12 kun boʻlib, baʼzida 35 kungacha davom etishi mumkin.
Kasallikning yuqish yoʻllari va keltirib chiqaruvchi omillari:
-kasallikning yagona manbai xastalikning yengil yoki yashirin shakli bilan ogʻrigan bemor hisoblanadi;
- kasallik shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilinmaganda, ogʻiz orqali iflos qoʻl, virus bilan zararlangan suv va oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlar orqali yuqadi.
- baʼzan havo-tomchi yoʻli orqali ham yuqishi mumkin.
Kasallik alomatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
•kasallikning paralitik boʻlmagan shaklida – koʻpincha qisqa muddatli isitma, yoʻtal, tomoqda ogʻriq boʻladi. Koʻngil ayniydi, qusish, ich ketish kuzatiladi.
•paralitik shaklida – tana harorati yuqori boʻladi, nafas qisilishi, shamollash belgilari, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, boshda, belda, oyoq-qoʻllarda kuchli ogʻriq, alahsirash va meningial belgilar, yuz nervi va mimik muskullarda falajlik, oyoq, tana boʻyin va diagfragmada boʻshashgan paralich kuzatilishi mumkin.
Albatta, kasallikka koʻriladigan chora bormikin, degan savol tugʻiladi. Kasallik alomatlari kuzatilganda, shifokorga erta murojaat qilish muhim hisoblanadi. Albatta shifokorning tavsiyasiga koʻra, davo muolajalarini olish lozim. Farzandlarimizning sogʻlom boʻlishi uchun bu juda muhim jihatdir.
Profilaktik tadbirlar:
poliomiyelit kasalligining oldini olishda yagona chora kasallikka qarshi emlashdir. Milliy emlash kalendariga asosan, poliomiyelitga qarshi emlash bolalarni 2, 3, 4 va 16 oyligida va 7 yoshida oilaviy poliklinikalarda oʻtkaziladi.
Xalqimizda kasallikni davolagandan koʻra, uning oldini olgan afzal degan naql bor. Shunday ekan, farzandlarimiz sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlishni, oʻz vaqtida emlatishni unutmang.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring