Poytaxt IIBB talabalar va ularning ota-onalarini ogohlantirdi

11:39 17 Avgust 2025 Jamiyat
371 0

Videodan kadr

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan poytaxtga yashash uchun kelayotgan talabalarni ogohlantirdi. Boshqarma murojaatida talabalar va ularning ota-onalaridan uy ijaraga olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik soʻralgan.

Qayd etilishicha, bunday holatlar aksar hollarda internet orqali arzon ijara uylari eʼlonlari orqali amalga oshirilmoqda. Firibgarlar oʻzlariga tegishli boʻlmagan uy rasmlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, arzon narxda ijaraga berish taklifini bildiradi. Talabalar va ularning yaqinlari firibgarlar taklif qilayotgan narxlarni koʻrib, uyni olish maqsadida aloqaga chiqadi.

Shundan soʻng firibgarlar uyni saqlab qoʻyish yoki 2 oylik ijara toʻlovi kerak deb, oldindan pul talab qiladi. Ammo toʻlov amal oshirilgach, ular aloqani uzib, ijtimoiy tarmoqlarni bloklaydi. Oqibatda na uy va na pul qoladi.

Yuqoridagi holatlarning oldini olish uchun IIBB fuqarolarga quyidagilarni tavsiya qildi:

  • hech qachon uyni borib koʻrmay turib, oldindan toʻlovni amalga oshirmaslik;
  • har qanday ijara shartnomasini faqat uyni shaxsan koʻrib, haqiqiy egasi bilan uchrashgandan soʻng tuzish;
  • shaxsiy maʼlumotlarni ishonch hosil qilmaguncha begona shaxslarga yubormaslik.

“Hushyor boʻling, yaqinlaringizni ham ogohlantiring. Qonun doirasida harakat qilib, firibgarlarga imkoniyat bermang”, deyiladi IIBB murojaatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?