Pillakorlar gʻayrati

12:45 12 May 2025 Jamiyat
204 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyatida 2025-yilning birinchi bahorgi mavsumida jami 38 ming 100 quti ipak qurti boqilmoqda. Bu orqali 2 ming 286 tonna pilla xomashyosini yetishtirish rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda yetishtirilgan kumush tolani terib olish ishlari qizgʻin pallaga kirgan. Xususan, Termiz tumani pillakorlariga mavsumda 2 ming 572 quti ipak qurti tarqatilgandi. Ular 154,3 tonna qimmatbaho pilla xomashyosi topshirishni moʻljallamoqda. Hozirda xonadonlarda qizgʻin terim ishlari ketmoqda.

Mazkur jarayonda kasanachi pilla yetishtiruvchilar, fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari faol ishtirok etmoqda. Eʼtiborlisi, ushbu yoʻnalishga 3 ming 115 nafar ishsiz xotin-qiz jalb etilgan. Tumanda ilgʻor pillakorlar mehnati munosib ragʻbatlantirilib, esdalik sovgʻalari topshirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?