“Piar” va hayot
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Mashhur adibimiz Abdulla Qahhor oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida “ertayu kech bizning gʻiybatimizni qiladigan, tirnogʻigacha bizga qarshi zaharga toʻlib ketgan baʼzi bir chet el radiosi bizning haqimizda yolgʻon gaplarni rostga oʻxshatib gapiradi. Bizning radiomiz esa mavjud haqiqatni udda qilib aytolmaydi”(“Radio xodimlari bilan suhbat” 1965-yil), deya yozgan edi.
Bugungi kun kishisining axborot olish manbalari koʻp. Adibning eʼtirozlari esa hamon dolzarbligini yoʻqotganicha yoʻq. Yangi Oʻzbekistondagi oʻzgarish va yangilanishlar turli xalqaro minbarlarda mamnuniyat bilan eʼtirof etilmoqda. Biroq matbuotimiz, ayniqsa, turli idora va tashkilotlarning axborot xizmatlari bugun rasmiy munosabat va rahbarning kundaligini yoritishdan nariga oʻtolmayapti.
Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida viloyat tashkilot va muassasalari matbuot kotiblari hamda jurnalistlar uchun tashkil etilgan seminarda shu xususda soʻz bordi.
— Bugungi kunda davlat va jamiyat oʻrtasida sifatli muloqotni yoʻlga qoʻyish, aholiga islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalari haqida tezkor, xolis va toʻliq axborot yetkazishda tuman (shahar) hokimliklari, korxona va tashkilot axborot xizmatlari oʻz oʻrnini toʻlaqonli egallab ololdimi, degan savol tugʻiladi, — deydi AOKA viloyat boshqarmasi boshligʻi Dilshod Mamarajabov. — Buning uchun idoraning saytini rahbarning qayerga borgani bilan kunda bir yangilab turishning oʻzigina kifoya emas. Albatta, bu xizmat eng avvalo matbuot kotiblarining oʻzidan daxldorlik hissini talab etadi. Bugun ulardan hech kim “piar” talab qilmaydi. Qolaversa, “piar” toʻla hayot haqiqati emas.
Seminarda hozirgi kunda axborot siyosati masalasida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, hamkorlikda ishlash istiqbollari toʻgʻrisida soʻz yuritildi.



Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring