Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi
Arxiv surat
2024-yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal isteʼmol xarajatlari 648 ming soʻm miqdorda belgilanganligi sababli quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi:
-ish staji toʻliqsiz chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm;
-boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm etib belgilandi.
Buning natijasida 751 ming nafar yoshga doir va 110 ming nafar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi.
Pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 180 млрд.сўм qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi.
Yuqoridagi miqdorda pensiya oluvchilarga pensiyalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda toʻlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring