Parij-2024: Litsenziyalarimiz soni 33 taga yetdi

13:21 06 Yanvar 2024 Sport
444 0

Xabar berganimizdek, para taekvondo boʻyicha terma jamoamizning 5 nafar aʼzosi yakuniy reyting natijalariga koʻra Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa, ayni paytga qadar oʻzbekistonlik para atletlarning Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan litsenziyalari soni 33 taga yetdi.

— Para oʻq otish – 3 ta
— Para yengil atletika – 19 ta
— Para suzish – 2 ta
— Para kanoe – 2 ta
— Para akademik eshkak eshish – 1 ta
— Para velosport – 1 ta
—Para taekvondo – 5 ta.

Eslatib oʻtamiz, Paralimpiya oʻyinlariga litsenziya beruvchi asosiy musobaqalar hali oldinda va matonatli para atletlarimiz yana koʻplab yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер