Paqildoqlar paqillamaydigan boʻldi

14:38 22 Noyabr 2022 Jamiyat
543 0

Yangi yil bayrami yaqinlashib kelar ekan, hududlarda pirotexnika vositalarini noqonuniy aylanuvi ham boshlanadi. Shu kabi holatlardan biri bojxonachilar tomonidan Surxondaryo viloyati “Darband” YPX maskanida toʻxtatib qolindi.

Kecha Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan olingan maʼlumotga asosan, viloyat DXX va Yoʻl patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir natijasida Denov tumanida yashovchi fuqaro J.A. boshqaruvida boʻlgan “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi Boysun tumani “Darband” YPX maskanida xolislar ishtirokida toʻxtatilib, xizmat iti yordamida koʻzdan kechirilganda avtotransport vositasi yukxonasi ichida qiymati 122 million 175 ming soʻm boʻlgan 814 blokda 407 250 dona “Britanik” nomli va qiymati 72 million soʻm boʻlgan 480 blokda 240 000 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Ushbu holatda jami 194 million 175 ming soʻm boʻlgan 647 250 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?