Ostonada 20 ta qozonda osh damlanadi va u 4 ming kishiga tarqatiladi
Bugun Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi Talabalar parkida 20 ta qozonda palov damlanmoqda. Mazkur taom 4 mingdan ortiq kishiga mo‘ljallangan.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tayyorlangan oshning bir qismi mehribonlik uylari, nogironlar va qariyalar uylariga jo‘natiladi.
“Palov Party”: 20 ta qozondagi palov – Ostonaning 20 yilligiga” nomli xayriya aksiyasi Qozog‘iston xalqlari assambleyasi shafeligida ushbu mamlakatning “Do‘stlik” o‘zbeklar jamoatchilik birlashmasi uyushmasi tomonidan Qozog‘iston talabalari alyansi bilan hamkorlikda tashkil etilyapti.
Poytaxt aholisi va mehmonlariga o‘zbek madaniyati, o‘zbek xalqining tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish, sharqona mehmondo‘stlikning yorqin namunasi – palov milliy taomidan tatib ko‘rish imkoniyati taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring