“Paxtakor” va “Neftchi”dan navbatdagi gʻalabalar

12:32 05 Aprel 2026 Sport
306 0

Kecha, 4-aprel kuni Oʻzbekiston Superligasining 5-tur oʻyinlari yakunlandi. Turning soʻnggi kunida muxlislar 3 ta oʻyinga guvoh boʻlishdi.

Dastlabki oʻyinda “Paxtakor” klubi oʻz maydonida OKMKni qabul qildi. Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Flamarion, Doston Hamdamov va Muhammadqodir Hamraliyev mualliflik qildi. OKMKning yagona javob goli esa Aziz Xolmurodov hisobiga yozildi.

Kunning ikkinchi oʻyinida “Qizilqum” jamoasi oʻz maydonida chempionat yetakchisi “Neftchi” klubini qabul qildi. Uchrashuv 4:0 hisobida “fargʻonaliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Zoran Marushich (2 ta), Ikrom Aliboyev va Alisher Odilov mualliflik qildi.

Turni yakunlab bergan oʻyinda “Surxon” klubi oʻz maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Uchrashuv 3:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Stefan Chinedu (2 ta) va Sunnatillo Abdullajonov mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli esa Shahzod Ubaydullayev hisobiga yozildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?