Paxta terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
Foto: Arxiv surat
Ayni daqiqalarda boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov paxta terimidagi qonunbuzilishlarni tanqid qildi.
«Viloyatlar rahbarlarini paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisida alohida ogohlantirgan edik.
Shunga qaramay paxta terimi boʻyicha har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi-yangi xabarlar tarqalmoqda. Endi tadbirkorlardan, byudjet tashkilotlarining oddiy xodimlaridan hasharchilarni jalb qilish uchun pul yigʻish avjiga chiqayapti ekan.
Bu holatlardan bitta xulosa qilish mumkin. Mazkur ish bilan shugʻullanayotgan har qanday rahbarni hurmatli Prezidentimiz siyosatlariga xiyonatkor deb baholash mumkin.
Bosh prokuratura (Nigʻmatilla Toʻlqinovich) bunday holatlarga aloqador boʻlgan shaxslarni hech ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortishi kerak. Hududiy prokurorlar bilan birgalikda bizga qonun ustuvorligini taʼminlab berishlaringiz kerak», — dedi Sardor Umurzakov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring