Oʻzstandart agentligi tugatilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-iyun kuni “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etildi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Farmon bilan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatini olish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan tashkilot standartlarini ekspertizadan oʻtkazish ishlari haq olmasdan amalga oshiradi.
Mahalliy muvofiqlikni baholash organlarida mahsulotning xorijiy davlatlarning standartlariga muvofiqligini baholash uchun xorijiy davlatlar standartlarining Oʻzbekistonda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
1-sentyabrdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun quyidagi jazo choralari tayinlanadi:
yuridik shaxslarga — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 50 dan 100 foizigacha;
mansabdor shaxslarga — BHMning 40 dan 80 baravarigacha jarima.
Bunda, qonunchilik hujjatlari va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar erkin muomaladan chiqarilishi va yoʻq qilinishi lozim. Moliyaviy jarimaning toʻlanishi mazkur talabning bajarilishidan ozod etmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring