Oʻzingniki beminnat

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizdagi baliqchilik bilan shugʻullanish mumkin boʻlgan 800 ming gektarlik koʻl va suv omborlari sathining qariyb toʻrtdan biri — 175 609 gektari Navoiy viloyati hududiga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi viloyatning Xatirchi, Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlaridan oʻtib, oʻng va soʻl sohillarida baliqchilikni sunʼiy havzalarda qafas usulida rivojlantirishning ham qulay imkoniyatlari mavjud.
Biroq baliqchilik faqatgina suv bilan bogʻliq emas. Uni sanoat usuli bilan yetishtirish yem, vitaminlarga boy ozuqani ham talab etadi.
— Bugun viloyatimizda salkam uch yuzta baliqchilik bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritib, intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtirilgan, — deydi “Navoiybaliqsanoat” MCHJ rahbari Panji Roʻziqulov. — Mazkur xoʻjaliklarning aksariyati, ayniqsa, Xatirchi tumani hududidagilar baliq ozuqasi taʼminotida muayyan qiyinchiliklarga duch kelishayotgan edi.
Mazkur muammo yechimi yoʻlida Xatirchi tumanida “YOUKANG FEED” xorijiy korxonasi tomonidan umumiy qiymati 10 million AQSH dollariga teng boʻlgan baliqlar uchun vitamin va oqsillarga boyitilgan ozuqa yem ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.
Taʼkidlash joiz, mazkur loyiha qurilishiga Prezidentimiz tomonidan Navoiy viloyatiga oʻtgan yilgi tashrifi doirasida start berilgan edi. Loyiha toʻliq ishga tushirilishi yiliga 21 ming tonna baliq yemi ishlab chiqarish imkonini yaratdi.
Oʻzingniki beminnat, deyishadi. Qolaversa, loyiha Xatirchi tumanida baliqchilik sohasining rivojlanishi, aholi bandligining oshishi hamda mahalliy iqtisodiyotning mustahkamlanishiga muhim hissa qoʻshadi. Hozircha ushbu loyiha tufayli 20 nafardan ortiq fuqarolar doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring