“Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
Joriy yilning 21-26-yanvar respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi mavjud. Bu haqda “Oʻzgidromet” tezkor ogohlantirish eʼlon qildi.
Unga koʻra, ushbu kunlarda kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli sababli quyidagi hududlarda qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi:
• Qashqadaryo viloyati Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
• Samarqand viloyati Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
• Jizzax viloyati Baxmal, Zomin tumanlarida;
• Toshkent viloyati Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
• Namangan viloyati Pop tumanida.
Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring