“Oʻzgidromet” shoshilinch axborot eʼlon qildi
Illyustrativ foto
Joriy yil 10-12-dekabr kunlari Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yil 10-12-dekabr kunlari kutilayotgan kuchli yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
• Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
• Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Agentlik togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda shu yoʻnalishlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring