Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi

Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida oʻtkazilgan tadbirlar davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etilgan.
Aniqlanishicha, tumanning “Sarvari” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Gʻ. A. oʻz xonadonida tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun aholi uchun moʻljallangan tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, xonadonga oʻrnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasini oʻzboshimchalik bilan yechib olgan holda gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelayotgani fosh boʻlgan.
“Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 263 million 191 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring